11 937.890 so‘m

decrease

-10.690

13 769.160 so‘m

decrease

-24.280

141.760 so‘m

decrease

-2.530

11 937.890 so‘m

decrease

-10.690

1 soat avval
Iqtisodiyot
56

Centrum Air va OSON asoschilari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Centrum Air va My Freighter asoschisi Abdulaziz Abduraxmanov, OSON toʻlov xizmati asoschisi Farhod Maxmudov hamda energetika, IT, sanoat va boshqa sohalardagi qator kompaniyalar rahbarlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Abdulaziz Abduraxmanov “Doʻstlik” ordeni, Farhod Maxmudov esa “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.

Centrum Air va OSON asoschilari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 avgust kuni Tadbirkorlar kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillarini mukofotlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Hujjat bilan jami 66 nafar tadbirkor, kompaniya rahbari va boshqa soha vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan tadbirkor” faxriy unvoni bilan

Boltayev Odiljon Olimjonovich - Samarqand shahridagi “Azia metall prof” masʼuliyati cheklangan jamiyatining rivojlantirish va investitsiya masalalari boʻyicha direktori, Samarqand viloyati

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni bilan

Xamrayev Baxtiyor Djabbarovich - Navoiy shahridagi “Gidro stanko servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Navoiy viloyati

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi” faxriy unvoni bilan

Isakov Muhsinjon Qosimjonovich - Margʻilon shahridagi “426-xoʻjaliklararo ixtisoslashgan koʻchma mexanizmlar kolonnasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori,Fargʻona viloyati

Babaxanov Yorqin Xaitmuradovich - Boʻstonliq tumanidagi “Central Asian constriction” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Toshkent viloyati

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi” faxriy unvoni bilan

Axmedov Baxtiyor Ergashevich - Baxmal tumanidagi “Qoʻshchinor mevasi” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Jizzax viloyati

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Kazimov Botir Xaydarovich - Toyloq tumanidagi “Bog‘izog‘on” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati 

Umirzakov Shunkar Umarovich - Ohangaron tumanidagi “Sarvar Aziz Umarzoda ramzi” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Toshkent viloyati

Sharipov Umarbek Kuranbayevich - Urganch tumanidagi “Tillo domor” xususiy korxonasi rahbari, Xorazm viloyati

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Axmedov Qodirjon Maxmudovich - Oʻzbekiston tumanidagi “Turon eco cement group” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Fargʻona viloyati

Masharipov Otaxon Karimberganovich - Xiva tumanidagi “Chinobod qurilish” xususiy korxonasi direktori, Xorazm viloyati

Saynurdinov Saidgaffar Muxitdinovich - Ohangaron shahridagi “Premier electrotech” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Toshkent viloyati

Uraimov Isroiljon Xakimovich - Xoʻjaobod tumanidagi “Al-Hakim” xususiy korxonasi rahbari, Andijon viloyati

“Doʻstlik” ordeni bilan

Abduraxmanov Abdulaziz Abdukadirovich - “My freighter” va “Centrum air” xususiy aviakompaniyalari taʼsischisi, Toshkent shahri

Babitsa Rastislav - “AZC group” kompaniyasining Markaziy Osiyo boʻyicha ijrochi direktori

Ganiyev Boisxon Basitovich - Shayxontohur tumanidagi “United soft” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri

Ismatullayev Jamshid Xayrullayevich - Chust tumanidagi “Shust textile” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Namangan viloyati

Klain Robert - “Voltalia” kompaniyasi boshqaruvi raisi

Kodirov Bexzod Normamatovich - Boysun tumanidagi “Narzi qushbegi” xususiy korxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati

Mamatqulov Oybek Axmedovich - Zomin tumanidagi “Azim Zomin shifo” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Jizzax viloyati

Matkarimova Xanifa Sapayevna - Bogʻot tumanidagi “Dilshoda Dilshodbek Manzura” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Xorazm viloyati

Mirzajonov Shermuxammad Kozimovich - Yangiyoʻl tumanidagi “Imperial granit” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Toshkent viloyati

Turumov Xolmirza Almaxmatovich - Yakkabogʻ tumanidagi “Oqtosh kelajagi” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati

Oʻral Oʻzkan - “Odas Enerji CA” kompaniyasi rahbari

Usmanov Aʼzam Anvarovich - Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi “Namangan qo‘ychilik klasteri” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Namangan viloyati

Xamidov Adaxamjan Abduraimovich - “Forteks” kompaniyasi rahbari

Xujamov Botir Mamadaliyevich - Baliqchi tumanidagi “Chinobod nurli zamin agrofirmasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati

Yuldashev Ikram Yalgashevich - Nukus shahridagi “Karakalpak palace hotel” masʼuliyati cheklangan jamiyati boshqaruvi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

“Mardlik” ordeni bilan

Jumaniyozova Roxat Ishimovna - Tuproqqalʼa tumanidagi “Marjona Saboxon” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati

Qoʻshshayev Afzal Axmadovich - Shofirkon tumanidagi “Jilvon jilosi 2020” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati

Maxkamov Otabek Erkinovich - Ijtimoiy tarmoqlardagi “MrOtabekTV” sahifasi asoschisi, bloger

Musayev Muzaffarxon Obosxonovich - Kichik biznes uyushmasi raisi oʻrinbosari

Urunboyev Maʼruf Husan oʻgʻli - Narpay tumanidagi “Narpay strategy up” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Nazarova Xadicha Abdullayevna - “Salomatlik plyus ekologiya” nodavlat notijorat tashkiloti boshqaruv kengashi raisi, Fargʻona viloyati

Raximiy Sharif Uktamovich - Urganch shahridagi “Surge med” xususiy klinikasi bosh shifokori, Xorazm viloyati

“Sogʻlom turmush” medali bilan

Ataboyev Xusan Karimovich - Sergeli tumanidagi “Atabaevs production” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Toshkent shahri

Baratov Shoislom Abdugʻani oʻgʻli - Guliston shahridagi “Ideal study” nodavlat taʼlim muassasasi rahbari, Sirdaryo viloyati

Kenjayev Anvar Olimovich - Buxoro shahridagi “Amirshoh 777” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati

“Jasorat” medali bilan

Qurbonov Asror Shomurotovich - Nishon tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Qashqadaryo viloyati

Qurbonov Furkat Farhod oʻgʻli - Termiz shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, novvoy, Surxondaryo viloyati

Ochilova Zulfiya Toʻrayevna - Peshku tumanidagi “Zulfiya Toʻra qizi” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Buxoro viloyati

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

Bahodirov Shohrux Baxtiyorovich - Shahrisabz shahridagi “Lazzat pishloq” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Qashqadaryo viloyati

Maksudov Bekzod Ulugʻbek oʻgʻli - Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Intest max” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Toshkent shahri

Nurmuxamedov Elbek Timurovich - Yashnobod tumanidagi “East-games” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Toshkent shahri

Soliyev Muxammadxon Bobirshoyevich - Samarqand shahridagi “Innovatsion maskan” nodavlat taʼlim muassasasi direktori, Samarqand viloyati

“Shuhrat” medali bilan

Adamboyev Toxirjon Akbaraliyevich - Sergeli tumanidagi “Barakat-alfa” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri

Dadaxonov Davron Toxirovich - Yunusobod tumanidagi “Global export company” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri

Jabbarova Yulduz Xasanovna - Sharof Rashidov tumanidagi “Yu-Meva” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati

Maxmudov Farxod Gayratovich - “Brio group” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri

Murtazayev Shoxrux Davronbekovich - Yashnobod tumanidagi “Cinema store” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Toshkent shahri

Norboyeva Mohichehra Nusratilloyevna - Gʻozgʻon shahridagi “Gʻozgʻon chevar qizlari” ishlab chiqarish kooperativi rahbari, Navoiy viloyati

Obidov Dadaxon Odilovich - Sergeli tumanidagi “Xon films” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Toshkent shahri

Olimova Inobat Ravshanovna - Xatirchi tumanidagi “Sultonali Javohir” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Navoiy viloyati

Pan Yevgeniya Leonidovna - Ishtixon tumanidagi “Samarkand stone trade corporation” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Samarqand viloyati

Pardayev Saloxiddin Saydulloyevich - Termiz shahridagi “Fayzi Mehriniso qurilish” xususiy korxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati

Sagdiyev Temur Xayrullayevich - Mirobod tumanidagi “Design studio” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Toshkent shahri

Sultanov Mirsaid Salamatdinovich - Nukus shahridagi “Ajiniyaz Qaraqalpaq” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Sultonaliyev Boburjon Botirali oʻgʻli - Quvasoy shahridagi “Crown ceramic” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Fargʻona viloyati

Tulyaganov Gafur Axmadjanovich - “Ahmad oltin jo‘ja” restoranlar tarmogʻi asoschisi, Toshkent shahri

Umirzokov Oybek Tajibayevich - Asaka tumanidagi “Everest metall grand” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Andijon viloyati

Oʻrinov Sherali Boboqulovich - “Fayz” milliy taomlar tarmogʻi asoschisi, Toshkent shahri

Ustadjalilov Dantes Farxodovich - Guliston shahridagi “Dantes construction” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Sirdaryo viloyati

Xayrullayev Azim Abdurasulovich - Buxoro tumanidagi “Tekhnochem” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Buxoro viloyati

Xamidov Lazizbek Yodgarovich - Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Tasnif group” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent shahri

Xudoyberdiyeva Ziyodaxon Aʼzamjonovna - Oʻrta Chirchiq tumanidagi “Ziyotrans” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Toshkent viloyati

Choriyeva Gulnora Djurakulovna - Shahrisabz shahridagi “Tikuvchi Anoragul” xususiy korxonasi rahbari, Qashqadaryo viloyati

Yusupov Shuxrat Fazlitdinovich - Sergeli tumanidagi “Makiz baraka” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Toshkent shahri

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+