12 581.970 so‘m

increase

84.220

14 698.260 so‘m

increase

39.650

157.750 so‘m

increase

0.960

12 581.970 so‘m

increase

84.220

14 soat avval
Soliq

Birinchi yarim yillikda savdo sohasida eng koʻp soliq toʻlagan korxonalar maʼlum boʻldi

2025 yilning birinchi yarim yilligida savdo sohasida faoliyat yurituvchi korxonalarning umumiy tovar aylanmasi 370,3 trln soʻmga (29,5 mlrd dollar) yetdi. 

Davr mobaynida sohadagi korxonalar tomonidan 16,9 trln soʻm soliq toʻlandi.

Xoʻsh, qaysi korxonalar eng koʻp soliq toʻlovini amalga oshirdi?

Birinchi yarim yillikda savdo sohasida eng koʻp soliq toʻlagan korxonalar maʼlum boʻldi
Foto: AI / Pinkod.uz

2025 yilning yanvar-may oylarida savdo sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar tomonidan amalga oshirilgan umumiy tovar aylanmasi 370,3 trln soʻmni tashkil qildi.  Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar berdi

Markaziy bankning amaldagi kursi boʻyicha bu koʻrsatkich taxminan 29,5 mlrd AQSh dollariga teng.

Davr davomida savdo sohasi tomonidan jami 16,9 trln soʻmlik soliq toʻlangan boʻlib, ularga 2,4 trln soʻmlik soliq imtiyozlari qoʻllanilgan. 

Eng koʻp soliq toʻlagan 20 ta korxona tomonidan esa 25,85 trln soʻmlik tovar aylanmasi amalga oshirilgan va ular jami 1,3 trln soʻmlik soliq toʻlagan. Ushbu TOP-20 korxonalarga berilgan soliq imtiyozlari hajmi esa 97,9 mlrd soʻmni tashkil qilgan.

Bu TOP-20 korxonaning umumiy savdo sohasidagi ulushi quyidagicha:

  • tovar aylanmasida – 7%,
  • toʻlangan soliqlarda – 7,7%,
  • soliq imtiyozlarida – 4%.

Eng koʻp soliq toʻlagan savdo korxonalari orasida birinchi oʻrinni 180,8 milliard soʻmlik soliq bilan Korzinka brendi ostida faoliyat yurituvchi Anglesey Food egalladi.

Undan keyingi oʻrinlarda mos ravishda Total Oil Invest – 149,8 milliard soʻm va Uzum Market – 120,5 milliard soʻm bilan joylashgan. 

Toʻrtinchi oʻrinni Ung Petro MCHJ (92,9 mlrd soʻm), beshinchini Namangan-Istiqlol bog‘i MCHJ (85,8 mlrd soʻm) egalladi.

Shuningdek, yettinchi oʻrinni Alif Moliya 52,4 mlrd soʻmlik soliq toʻlovi bilan egalladi. Roʻyxatda Lukoil, Samsung Electronics Uzbekistan va Nestle Food kabi yirik kompaniyalar ham mavjud.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+