12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

28-yanvar, 15:31
Bozor

Binance Oʻzbekistonda rasman ish boshladi

Fuqarolar endilikda Coinpay rasmiy saytidagi maxsus boʻlim orqali kripto-birjada savdo qilishi mumkin.

Binance Oʻzbekistonda rasman ish boshladi

17 yanvar kuni Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) dunyoning eng yirik kripto-birjalaridan biri boʻlgan Binance bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish masalasini hal qilgandi.

Bu hamkorlik doirasida Binance platformasi oʻz xizmatlarini Coinpay orqali taqdim etishga kelishib olindi. Integratsiya ishlari muvaffaqiyatli yakunlangandan soʻng, Coinpay rasmiy saytida Binance boʻyicha maxsus boʻlim — coinpay.uz/binance ishga tushirildi.

Endi foydalanuvchilar kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni xavfsiz va qulay tarzda amalga oshirishi, milliy valyutada bank kartalari va milliy toʻlov tizimlari orqali mablagʻ kiritish va chiqarishi mumkin.

Eslatma oʻrnida shuni aytib oʻtish kerakki, Oʻzbekiston fuqarolari Binance platformasiga faqat coinpay.uz/binance saytida koʻrsatilgan havola orqali kirishi mumkin. Mablagʻ kiritish va chiqarish jarayonlari faqat bank kartalari yoki milliy toʻlov tizimlari orqali, milliy valyutada amalga oshiriladi.

Platformada toʻgʻridan-toʻgʻri, koʻrsatilgan havolalarsiz kirib amalga oshirilgan barcha P2P oʻtkazmalar kripto-aktivlar aylanishi boʻyicha qonun talablarini buzish hisoblanadi va qonunga muvofiq javobgarlikni keltirib chiqaradi.


Mavzuga doir: Bitcoin’ning 2025 yilgi narxi haqida tahlilchilar qanday prognozlarni ilgari surmoqda?


Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+