12 692.420 so‘m

increase

100.850

14 511.240 so‘m

decrease

-34.540

158.440 so‘m

increase

4.620

12 692.420 so‘m

increase

100.850

23-sentabr, 2024
Soliq

Baʼzi tovar va xizmatlar uchun QQS imtiyozi bekor boʻlmoqda

Yangi barpo etilayotgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlashdan ozod qilish tarzidagi imtiyoz bekor qilinadi. 

Baʼzi tovar va xizmatlar uchun QQS imtiyozi bekor boʻlmoqda

Ayrim tovarlar va xizmatlar boʻyicha QQS imtiyozlari bekor qilinadi. 

“Prezidentning soliq va bojxona imtiyozlarini berishni nazarda tutuvchi ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi farmoni (PF-140-son, 18.09.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2025 yil 1 yanvardan:

- yoʻlovchilarni yagona tariflar boʻyicha tashish xizmatlarini koʻrsatish aylanmasi hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari yagona ishtirokchisi hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar va xizmatlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi;

- yangi barpo etilayotgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlashdan ozod qilish tarzidagi imtiyozni bekor qilgan holda, mazkur yer uchastkalari boʻyicha soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+