Baxodir Mirzayev “Garant bank” Boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi
U mazkur lavozimda 2025 yil noyabr oyidan beri ishlab kelayotgan edi.

“Garant bank” AJ Kuzatuv kengashining 2026 yil 2 fevralda boʻlib oʻtgan navbatdagi yigʻilishi qaroriga muvofiq, bank Boshqaruvi tarkibida kadrlar boʻyicha oʻzgarish amalga oshirildi.
Bu haqda Korporativ maʼlumotlar yagona portalida eʼlon qilingan maʼlumotlarda keltirilgan.
Yigʻilishda qabul qilingan qarorga asosan, Bank Boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Mirzayev Baxodir Alimovichning Boshqaruv aʼzosi sifatidagi vakolatlari muddatidan oldin tugatildi.
Baxodir Mirzayev mazkur lavozimda 2025 yil noyabr oyidan beri ishlab kelayotgan edi.
Taʼkidlanishicha, Mirzayev Baxodir Alimovich bilan tuzilgan mehnat shartnomasi taraflar oʻrtasidagi oʻzaro kelishuvga binoan bekor qilingan.
Ushbu qaror Kuzatuv kengashi aʼzolari tomonidan bir ovozdan maʼqullangan.









