12 581.970 so‘m

increase

84.220

14 698.260 so‘m

increase

39.650

157.750 so‘m

increase

0.960

12 581.970 so‘m

increase

84.220

20 soat avval
Bank

Banklarga kredit berishda chek-list joriy etish va uni tasdiqlatish majburiyati yuklanishi mumkin

Markaziy bank kredit olish tartibida yangi talablarni taklif qilmoqda.

Agar loyiha qabul qilinsa, jismoniy shaxslar kredit rasmiylashtirishdan avval chek-listni toʻldirib, barcha shartlarga rozilik berishi majburiy boʻladi.

Shuningdek, banklarga kredit parametrlari koʻrsatilgan maydonchalarni avtomatik toʻldirish va «standart» belgilash kataklarini oʻrnatish taqiqlanadi.

Banklarga kredit berishda chek-list joriy etish va uni tasdiqlatish majburiyati yuklanishi mumkin
Foto: AI / Pinkod.uz

Markaziy bank mijozlar bilan munosabatlarda banklar faoliyatining minimal talablariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha loyiha ishlab chiqdi. Bu boʻyicha loyiha jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi

Jismoniy shaxslar kredit olganida majburiyatlar bilan bogʻliq xavflar sanab oʻtiladigan chek-listlar joriy etilishi taklif qilinmoqda. Bank kreditni tasdiqlaganidan keyin, ammo kredit shartnomasini tuzishdan avval, ushbu chek-listni mijozga taqdim etishi lozim boʻladi.

Qarz oluvchi barcha bandlar bilan tanishib chiqishi va ularga roziligini tasdiqlashi kerak boʻladi. Toʻldirilmagan chek-listsiz kredit shartnomasini imzolashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Hujjatda izohlar bilan birga toʻrtta shart keltiriladi:

  • “Kredit — bu xarajat”;
  • “Men kreditni qaytarish jadvalini diqqat bilan oʻrganib chiqdim”;
  • “Mening daromadim kredit toʻlovlarini toʻlash imkonini beradi”;
  • “Men kredit boʻyicha toʻlovlarni kechiktirish oqibatlaridan xabardorman”.

Agar qarz oluvchi bankda kredit rasmiylashtirayotgan boʻlsa, u chek-listdagi barcha shartlarni qabul qilganini belgilashi va imzo qoʻyishi kerak boʻladi. Agar kredit onlayn olinayotgan boʻlsa, barcha bandlarni belgilash va qabul qilish tugmasini bosish talab etiladi. Bunda tizim qabul qilingan sana va vaqtni, IP-manzil hamda qarz oluvchining identifikatorini saqlaydi.

Bundan tashqari, Markaziy bank banklarga mobil ilovalarda kredit parametrlari, jumladan, miqdori, muddati va oluvchining daromadlari haqidagi maʼlumotlarni avtomatik yuklashni taqiqlashni taklif qilmoqda.

Mijozning roziligini ifodalovchi “standart holatda” belgilangan belgilash kataklari (galochka) yoki boshqa tugmalarni oʻrnatish taqiqlanadi. Shartnoma (oferta) shartlari oʻqilganda qabul qilish tugmasi faqat mijoz hujjatni oxirigacha aylantirgandan keyin faollashishi kerak boʻladi.

Shuningdek, banklar kredit shartnomalarini oʻzgartirish va qarzlarni restrukturizatsiya qilish toʻgʻrisidagi arizalarni moliyaviy qiyinchiliklar, murakkab hayotiy vaziyat yoki fors-major holatlari sababli koʻrib chiqish tartibini tasdiqlashi kerak boʻladi. Ushbu hujjat bankning veb-saytida joylashtirilishi lozim.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+