12 160.990 so‘m

decrease

-72.680

14 178.500 so‘m

decrease

-55.380

153.920 so‘m

decrease

-0.920

12 160.990 so‘m

decrease

-72.680

27-sentabr, 19:22
Bank

Avgust oyida Oʻzbekiston banklaridagi muammoli kreditlar hajmi kamaydi

2025 yil 1 sentabr holatiga koʻra, Oʻzbekiston banklarining jami kredit portfeli 581 trln soʻmga yetdi. 

Oʻtgan oyga nisbatan 4,8 trln soʻmlik oʻsish asosan Agrobank, Asakabank va Hamkorbank hissasiga toʻgʻri kelgan. 

Shu bilan birga, muammoli kreditlar (NPL) hajmi 751 mlrd soʻmga qisqardi.

Avgust oyida Oʻzbekiston banklaridagi muammoli kreditlar hajmi kamaydi
Foto: AI / Pinkod.uz

2025 yil 1 sentabr holatiga koʻra, Oʻzbekiston banklaridagi jami kredit portfeli 581 trln soʻmni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 4,8 trln soʻmga koʻproqdir. Bu haqda Markaziy bank hisobotida maʼlum qilindi.

Kredit portfelidagi oʻsish davlat banklarida (+2,5 trln soʻm) va boshqa banklarda (+2,4 trln soʻm) deyarli teng miqdorda qayd etildi

Banklar kesimida eng katta oʻsish Agrobank (+947 mlrd soʻm), Asakabank (+791 mlrd soʻm) va Hamkorbankda (+603 mlrd soʻm) kuzatildi. 

Aksincha, eng koʻp kamayish Oʻzmilliybank (-309 mlrd soʻm), Infinbank (-138 mlrd soʻm), Kapitalbank (-114 mlrd soʻm) va KDB bank (-117 mlrd soʻm)da qayd etildi.

Kredit portfelidagi muammoli kreditlar (NPL) ulushi esa avgust oyida 751 mlrd soʻmga qisqardi. Bu asosan davlat banklari, jumladan Oʻzmilliybank (-674 mlrd soʻm) va Agrobank (-152 mlrd soʻm), shuningdek, xususiy banklardan Ipoteka bank (-133 mlrd soʻm) hisobiga sodir boʻldi.

Barcha banklar orasida faqat ikki bankda muammoli kreditlar hajmi ortdi. Xususan, NPL Turonbankda 245 mlrd soʻmga va Mikrokreditbankda 3 mlrd soʻmga koʻtarildi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+