12 002.100 so‘m

increase

14.210

13 166.300 so‘m

increase

51.550

146.020 so‘m

increase

0.610

12 002.100 so‘m

increase

14.210

24 daqiqa avval
Bank
108

Asia Alliance Bank boshqaruvi raisiga uch nafar oʻrinbosar tayinlandi

Poytaxt Bank’ning sobiq boshqaruv raisi Dilshod Poʻlatov Asia Alliance Bank boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. U apreldan buyon bank boshqaruvi raisi maslahatchisi boʻlib ishlab kelgan. 

Shuningdek, Jahongir Umarov va Ilhom Isamutdinov boshqaruv raisining oʻrinbosarlari etib tayinlandi. 

Yangi tayinlovlar haqida batafsil:

Asia Alliance Bank boshqaruvi raisiga uch nafar oʻrinbosar tayinlandi
Chapdan oʻngga — Asia Alliance Bank boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Dilshod Poʻlatov, rais oʻrinbosarlari Jahongir Umarov va Ilhom Isamutdinov.

Asia Alliance Bank boshqaruvi tarkibida oʻzgarishlar boʻldi.

Dilshod Akmalevich Poʻlatov Asia Alliance Bank boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. Jahongir Gʻaybullayevich Umarov va Ilhom Raxmanovich Isamutdinov boshqaruv raisi oʻrinbosarlari boʻldi. Bu haqda “Bank-moliya va fintexdagi tayinlovlar” Telegram kanali xabar berdi.

Yangi oʻrinbosarlar avval qayerda ishlagan?

Tayinlovga qadar Dilshod Poʻlatov 2026 yil aprelidan Asia Alliance Bank boshqaruvi raisi maslahatchisi boʻlib ishlagan. U bungacha, 2025 yil sentabridan 2026 yil apreligacha, Poytaxt Bank boshqaruviga rahbarlik qilgan. Pinkod avvalroq uning vakolatlari 20 apreldan muddatidan oldin tugatilgani haqida yozgan edi.

Dilshod Poʻlatov

Poʻlatov 1979 yilda Toshkentda tugʻilgan va Toshkent moliya institutini tamomlagan. U Oʻzuyjoyjamgʻarmabank va Kapitalbank’da ishlagan. Kapitalbank’da gʻaznachilik, aktivlar va passivlarni boshqarish hamda moliyaviy tahlil yoʻnalishlarida rahbarlik lavozimlarini egallagan. 

Jahongir Umarov mehnat faoliyatini Asakabank’da boshlagan. U yerda kreditlash, kredit portfeli monitoringi, loyihalarni moliyalashtirish va investitsiya yoʻnalishlarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Keyin Asia Alliance Bank’ning kredit tavakkalchiliklari va kredit portfeli monitoringi boshqarmasini boshqargan, korporativ mijozlarni kreditlash yoʻnalishida ham faoliyat yuritgan.

Jahongir Umarov 

Umarov Oʻzsanoatqurilishbankning kredit qarzdorliklari bilan ishlash departamenti direktori etib ham tayinlangan. U 1980 yilda Toshkentda tugʻilgan, Toshkent moliya instituti va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Ilhom Isamutdinov mehnat faoliyatini Turonbank’da boshlagan va axborot texnologiyalari departamenti direktori oʻrinbosarigacha koʻtarilgan. U 2016–2022 yillarda Asia Alliance Bank’da axborot texnologiyalari yoʻnalishida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 

Ilhom Isamutdinov
Ilhom Isamutdinov

Keyinchalik Isamutdinov FIDOBIZNES’da departament direktori oʻrinbosari va mijozlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha bosh direktor oʻrinbosari boʻlib ishlagan. U 1983 yilda Toshkentda tugʻilgan va Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini menejment mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+