12 275.580 so‘m

decrease

-11.730

14 591.980 so‘m

decrease

-52.040

159.090 so‘m

increase

0.260

12 275.580 so‘m

decrease

-11.730

15 soat avval
Bank
59

“Asakabank” umumiy qiymati 1,2 trln soʻmlik qoʻshimcha aksiyalar chiqarmoqda

“Asakabank” ustav kapitalini oshirish maqsadida 1,2 trln soʻmlik qoʻshimcha aksiyalar emissiyasini amalga oshirmoqda. Emissiya yopiq obuna shaklida, amaldagi aksiyadorlarga imtiyozli sotib olish huquqi berilgan holda joylashtiriladi. Mazkur chiqaruvdan soʻng bankning ustav kapitali qariyb 10 trln soʻmga yaqinlashadi.

“Asakabank” umumiy qiymati 1,2 trln soʻmlik qoʻshimcha aksiyalar chiqarmoqda
Foto: AI/Pinkod.uz

“Asakabank” AJ ustav kapitalini oshirish maqsadida 1,2 trln soʻmlik qoʻshimcha aksiyalar emissiyasini amalga oshirmoqda. Bu haqda bankning korporativ maʼlumotlarida maʼlum qilindi.

2026 yil 12 yanvarda boʻlib oʻtgan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi qaroriga muvofiq, nominal qiymati 139,01 soʻm boʻlgan 8 mlrd 679 mln 231 ming 710 dona egasining nomi yozilgan oddiy hujjatsiz aksiyalar chiqarilmoqda.

Chiqarilayotgan aksiyalarning umumiy qiymati 1 trln 206,5 mlrd soʻmni tashkil etadi. Emissiya 2026 yil 9 fevral kuni Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

Qarorga koʻra, qoʻshimcha aksiyalar yopiq obuna usulida, amaldagi aksiyadorlarga imtiyozli sotib olish huquqi berilgan holda joylashtiriladi. Imtiyozli huquqqa ega shaxslar roʻyxati 2026 yil 12 yanvar holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reestri asosida tuziladi.

Maʼlumot uchun, hozirda bankning ustav kapitali 7,7 trln soʻmni tashkil etadi. Qoʻshimcha emissiyadan soʻng bu koʻrsatkich 10 trln soʻmga yaqinlashadi.

Bankning asosiy aksiyadorlari tarkibi quyidagicha:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi — 71,09%
  • Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi — 28,17%
  • “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ — 0,59%
  • “Oʻzavtosanoat” AJ — 0,08%
  • “Oʻzagrosugʻurta” AJ — 0,06%
  • “Oʻzbekinvest” eksport-import sugʻurta kompaniyasi AJ — 0,01%

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+