12 242.170 so‘m

increase

17.010

14 522.890 so‘m

decrease

-37.280

159.900 so‘m

decrease

-2.110

12 242.170 so‘m

increase

17.010

16 soat avval
Bank
72

“Asakabank” 3 fevraldan boshlab jami qiymati 1 trln soʻmlik korporativ obligatsiyalarni joylashtirmoqda

“Toshkent” fond birjasi “Asakabank”ning 18 foizli daromadlilikka ega boʻlgan yangi korporativ obligatsiyalar emissiyasini kotirovka roʻyxatiga kiritdi. Bank ochiq obuna orqali umumiy hajmi 1 trillion soʻm boʻlgan beshinchi obligatsiya chiqarilishini 3 fevraldan boshlaydi.

“Asakabank” 3 fevraldan boshlab jami qiymati 1 trln soʻmlik korporativ obligatsiyalarni joylashtirmoqda
Foto: AI/Pinkod.uz

“Toshkent” fond birjasi “Asakabank” tomonidan chiqarilgan korporativ obligatsiyalarning yangi emissiyasini rasmiy ravishda kotirovka roʻyxatiga kiritdi. Bu haqda fond birjasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Mazkur emissiya doirasida bank ochiq obuna asosida 2 ming dona obligatsiyani joylashtiradi. Har bir obligatsiyaning nominal qiymati 500 million soʻmni tashkil etadi. Natijada chiqarilayotgan obligatsiyalarning umumiy hajmi 1 trillion soʻmga teng boʻladi.

Chiqarilayotgan obligatsiyalar boʻyicha yillik daromadlilik 18 foiz etib belgilangan. Investorlar uchun kupon toʻlovlari har chorakda, yaʼni yiliga toʻrt marta amalga oshiriladi. Obligatsiyalarning muomalada boʻlish muddati 1711 kunni tashkil etib, bu qariyb 4 yil va 9 oyga teng.

Qimmatli qogʻozlar “Toshkent” fond birjasida UZ6038667AA0 kodi hamda ASAK4B5 tikeri ostida savdoga chiqariladi. Mazkur tiker ”Asakabank” tomonidan amalga oshirilayotgan beshinchi obligatsiya chiqarilishini anglatadi. Obligatsiyalarni joylashtirish jarayoni 3 fevraldan boshlanishi rejalashtirilgan.

“Asakabank” Kuzatuv kengashi 15-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan umumiy yig‘ilishda korporativ obligatsiyalar chiqarilishini tasdiqlagan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+