12 968.380 so‘m

decrease

-4.930

14 343.030 so‘m

increase

14.010

152.370 so‘m

increase

1.180

12 968.380 so‘m

decrease

-4.930

3 kun avval
Iqtisodiyot

AQSh Xitoyni istisno qilgan holda yuqori boj tariflarini 90 kun muddatga toʻxtatdi

Bu davrda, Xitoydan tashqari boshqa davlatlarga 10 foizlik oʻzaro tariflar amal qilib, Pekinga nisbatan qoʻllaniladigan tariflar 125 foizgacha oshiriladi.

Ushbu xabar eʼlon qilinganidan soʻng, oltin va aksiyalar bozorlarida keskin koʻtarilish kuzatilmoqda.

AQSh Xitoyni istisno qilgan holda yuqori boj tariflarini 90 kun muddatga toʻxtatdi
Foto: AI / Pinkod.uz

AQSh prezidenti Donald Tramp yuzlab savdo hamkorlariga nisbatan joriy etilgan yuqori tariflarni kuchga kirganidan atigi 13 soat oʻtib, kutilmaganda 90 kunlik “pauza” eʼlon qildi.

Shunga qaramasdan, Xitoyga nisbatan tariflar yanada oshirilgan miqdor - 125 foizda saqlab qolinadi. 

“Xitoyning Jahon Bozorlariga nisbatan koʻrsatgan hurmatsizligiga asoslanib, AQSh Xitoydan olinadigan tarifni 125% ga koʻtaradi. Bu darhol kuchga kiradi”, – deb yozdi Tramp oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi postida.

Trampning bu kutilmagan qarori moliya bozorlariga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Garchi hali ham 10 foizlik bazaviy tariflar saqlanib qolayotgan boʻlsa-da, mazkur eʼlondan soʻng fond bozorlari va aksiyalar tezda yuqoriga koʻtarila boshladi. Jumladan, Dow indeksi chorshanba kuni 2,997 punktga yoki 7,87% ga oshdi. S&P 500 indeksi 9,5% ga koʻtarildi. Texnologik kompaniyalar ustunlik qiladigan Nasdaq indeksi esa 12,2% ga oshib, misli koʻrilmagan natijani qayd etdi. 

Bozorlar sezilarli oʻsmoqda

Bu S&P 500 uchun 2008 yil oktabrdan beri eng yaxshi kun, Nasdaq uchun esa 2001 yil yanvaridan beri eng yuqori oʻsish boʻldi. Shuningdek, Nasdaq oʻsishni tarixidagi ikkinchi eng yuqori kunlik koʻrsatkich deb atagan. Dow indeksi esa oxirgi besh yildagi eng katta oʻsishni namoyish etdi.

Yevropa Ittifoqidagi birjalar hisoblangan Euro Stoxx 50 va DAX fyucherslari har biri taxminan 8 foizga koʻtarildi. Bu asosiy indekslarning mart oyidagi rekord yuqori koʻrsatkichlaridan boshlab kuzatilgan pasayishning qariyb yarmini qoplashiga olib kelmoqda.

Aksiyalar va oltin narxi

Tariflar toʻxtatish haqidagi eʼlon aviakompaniyalar, avtomobil ishlab chiqaruvchilari va texnologiya kompaniyalariga ham sezilarli foyda keltirdi

Aviatsiya sektorida United Airlines (UAL) aksiyalari 23% ga, Delta Air Lines (DAL) aksiyalari esa 21% ga oshdi. Avtomobil sanoatida, tariflar xavfi ostida boʻlgan kompaniyalar, masalan, Stellantis (STLA) aksiyalari 16% ga, Ford (F) aksiyalari esa 8% ga oʻsdi. 

Texnologiya sektori kompaniyalari ham sezilarli tiklanishlarni koʻrsatdi -Apple (AAPL) aksiyalari 8% ga, Nvidia (NVDA) aksiyalari 15% ga, Palantir (PLTR) aksiyalari 19% ga, va Tesla (TSLA) aksiyalari ham 19% ga oshdi.

Oltin narxi ham tariflar toʻxtatilishiga ijobiy reaksiya bermoqda. Eʼlondan soʻng jahon bozorida oltin narxi troya unsiya uchun $51 ga(+1,66%) koʻtarildi 

Mazkur oʻsishlar, oʻtgan hafta Prezident Donald Tramp tomonidan eʼlon qilingan yangi va ancha yuqori tariflar investorlar orasida xavotir uygʻotib, bozorlarni qulatib yuborganidan soʻng yuz berdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+