12 199.100 so‘m

increase

30.120

14 585.240 so‘m

decrease

-2.930

160.490 so‘m

increase

0.600

12 199.100 so‘m

increase

30.120

2 kun avval
Soliq
84

Apple, Meta, Google va TikTok: 2025 yilda xorijiy texno-gigantlar Oʻzbekistonda qancha soliq toʻladi?

2025 yilda Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar orasida Apple 49,5 mlrd soʻm, Meta 49 mlrd soʻm va Google 44,4 mlrd soʻm soliq toʻlab yetakchilik qildi.

ChatGPT egasi hisoblangan OpenAI 11,7 mlrd soʻm soliq toʻlab, eng faol kompaniyalar qatoriga kirdi.

Shu bilan birga, Oʻzbekistonda rasman bloklangan boʻlishiga qaramay, TikTok ham 3,5 mlrd soʻm soliq toʻlagan.

Apple, Meta, Google va TikTok: 2025 yilda xorijiy texno-gigantlar Oʻzbekistonda qancha soliq toʻladi?
Foto: AI/Pinkod.uz

2025 yilda elektron xizmat koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar Oʻzbekistonda qancha soliq toʻlagani maʼlum boʻldi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 78 ta xorijiy kompaniyalar tomonidan 181,3 mlrd soʻm soliq toʻlangan.

Ushbu koʻrsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 50% oʻsgan. Toʻlangan soliqlarning 93,05%i elektron xizmatlar koʻrsatuvchi quyidagi 10 ta xorijiy kompaniyalar hissasiga toʻgʻri keladi.

Eng katta savdo aylanmasi va soliq tushumi Apple hissasiga toʻgʻri kelib, kompaniya Oʻzbekistonda 413,1 mlrd soʻmlik xizmat koʻrsatgan va 49,5 mlrd soʻm soliq toʻlagan.

Meta kompaniyasining xizmatlar qiymati 410,9 mlrd soʻm, toʻlangan soliqlar esa 49 mlrd soʻmni tashkil etgan. Kuchli uchlikda Google ham bor — 375 mlrd soʻmlik xizmatlar va 44,4 mlrd soʻm soliq.

Shuningdek, OpenAI Oʻzbekistonda 57,8 mlrd soʻmlik xizmatlar koʻrsatib, 11,7 mlrd soʻm soliq toʻlagan. Booking.com xizmatlar hajmi 36,1 mlrd soʻm, soliqlar esa 4,3 mlrd soʻmni tashkil qilgan.

Qizigʻi Oʻzbekistonda bloklangan boʻlishiga qaramay, TikTok ham 29,4 mlrd soʻmlik xizmatlar koʻrsatib, 3,5 mlrd soʻm soliq toʻlagan.

Mashhur striming platforma Netflix Oʻzbekistonda 14,9 mlrd soʻmlik xizmatlar koʻrsatib, 1,8 mlrd soʻm soliq toʻlagan. 

Oʻz navbatida, ACCA — 13,2 mlrd soʻm va 1,6 mlrd soʻm, Xsolla — 12,9 mlrd soʻm va 1,5 mlrd soʻm, Amazon esa 14 mlrd soʻmlik xizmatlar uchun 1,4 mlrd soʻm soliq toʻlagan.

Maʼlumot oʻrnida, 2025 yil davomida 8 ta kompaniya soliq toʻlovchilar roʻyxatidan chiqarilgan, 23 ta yangi xorijiy kompaniya esa roʻyxatga qoʻshilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+