11 994.100 so‘m

increase

6.940

13 420.200 so‘m

increase

26.950

145.790 so‘m

decrease

-0.500

11 994.100 so‘m

increase

6.940

Yaqin 3 soat ichida
Bank
23

Apex Bank’dan ketgan Sharof Ikramov Garant bank boshqaruv raisiga birinchi oʻrinbosar boʻldi

Sharof Ikramov Garant bank boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. U bir necha kun avval Apex Bank boshqaruvi raisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etilgan edi. Yangi tayinlov Markaziy bank bilan kelishilganidan soʻng rasman kuchga kiradi.

Apex Bank’dan ketgan Sharof Ikramov Garant bank boshqaruv raisiga birinchi oʻrinbosar boʻldi

Sharof Renatovich Ikramov “Garant bank” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Mazkur tayinlov Oʻzbekiston Markaziy banki bilan kelishilganidan soʻng rasman kuchga kiradi.

Bundan avval Ikramov 2024 yil oktabridan buyon Apex Bank boshqaruvi raisi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Biroq bank Kuzatuv kengashining 2026 yil 6 noyabrdagi qarori bilan uning vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan.

Oʻsha yigʻilishda Apex Bank boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajarib kelgan Olga Numanovaning ham vakolatlari tugatilgan. Bank boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajarish Sherzod Madjitovga yuklatilgan.

Sharof Ikramov haqida

Sharof Ikramov 1983 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. U 2004 yilda Toshkent moliya institutining bakalavriat, 2007 yilda esa magistratura bosqichini tamomlagan.

Bank-moliya sohasida 20 yildan ortiq ish tajribasiga ega. Xususan, 2004–2021 yillarda Kapitalbankda turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2021–2023 yillarda Bank Apelsin (keyinchalik Uzum Bank) boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan. Shuningdek, Anorbank Kuzatuv kengashi raisi maslahatchisi lavozimini egallagan.

2024 yil oktabrida Apex Bank boshqaruvi raisi oʻrinbosari etib tayinlangan va 2026 yil noyabrigacha mazkur bankda faoliyat yuritgan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning fevral oyida Garant bank boshqaruvi raisining avvalgi birinchi oʻrinbosarlaridan biri Bahodir Mirzayevning vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan edi. U mazkur lavozimda 2025 yil noyabridan buyon ishlab kelayotgan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+