12 236.130 so‘m

increase

23.340

14 439.860 so‘m

increase

28.770

159.100 so‘m

decrease

-0.420

12 236.130 so‘m

increase

23.340

12-dekabr, 2025
Bank
558

Apex Bank boshqaruv raisi lavozimidan ketdi

Sergey Gimadiyev Apex Bank boshqaruv raisi lavozimidan ketdi. Uning vakolatlari bir hafta avval ish boshlagan Olga Numanovaga vaqtincha yuklatildi.

Apex Bank boshqaruv raisi lavozimidan ketdi

Apex Bank boshqaruv raisi Sergey Gimadiyev lavozimidan ketdi. Bu haqda bank Kuzatuv kengashining 10 dekabr kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishi bayonnomasida maʼlum qilindi.

Hujjatga koʻra, Gimadiyevning vakolatlari 10 dekabrdan boshlab tugatildi.

Sergey Gimadiyev 2024 yil may oyida “Asia Alliance Bank” boshqaruv raisi lavozimidan Apex Bankka oʻtib, boshqaruv raisi oʻrinbosari etib tayinlangan edi. Oradan bir yil oʻtib, 2025 yil may oyida u bank boshqaruv raisi lavozimini egallagan.

Apex Bank boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajarish Olga Numanovaga yuklatildi.

Maʼlumot uchun, 27 noyabr kuni “InFinBank” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtgan edi. Unda bankning amaldagi boshqaruv raisi Olga Numanovaning vakolatlari muddatidan oldin — 28 noyabrdan tugatilgan. Shundan soʻng Numanova Apex Bank boshqaruvi raisi birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat yurita boshlagan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+