11 934.640 so‘m

decrease

-14.390

13 896.690 so‘m

decrease

-25.120

164.140 so‘m

decrease

-2.140

11 934.640 so‘m

decrease

-14.390

5 soat avval
Texnologiya
37

Anthropic tarixdagi eng qimmat AI kompaniyaga aylanish yoʻlida IPO uchun maxfiy ariza topshirdi

Claude sunʼiy intellekt modellari ishlab chiquvchisi Anthropic AQSh fond bozorida aksiyalarini ommaviy joylashtirish uchun Qimmatli qogʻozlar va birjalar komissiyasiga maxfiy ariza topshirdi. Kompaniya yaqinda $965 mlrdga baholanib, OpenAIdan ham qimmatroq xususiy AI kompaniyaga aylangan edi.

Anthropic tarixdagi eng qimmat AI kompaniyaga aylanish yoʻlida IPO uchun maxfiy ariza topshirdi
Foto: AI/Pinkod.uz

Sunʼiy intellekt bozoridagi eng yirik xususiy kompaniyalardan biri — Anthropic birjaga chiqish yoʻlida rasmiy qadam tashladi. 

Kompaniya AQSh Qimmatli qogʻozlar va birjalar komissiyasi, SECga Form S-1 boʻyicha maxfiy roʻyxatdan oʻtish hujjatini topshirganini eʼlon qildi. Bu Anthropic’ga SEC tekshiruvi yakunlangach, bozor sharoitiga qarab IPO oʻtkazish imkonini beradi.

Kompaniya hozircha IPO boʻyicha asosiy parametrlarni ochiqlamagan. Anthropic bayonotida taklif qilinadigan aksiyalar soni va ularning narxi hali belgilanmagani qayd etilgan. Yaʼni, kompaniya hozircha birjaga qachon chiqishi, qancha mablagʻ jalb qilishi va qanday bahoda aksiyalar joylashtirishi boʻyicha yakuniy qaror qabul qilmagan.

Anthropic IPOga juda yuqori baholash fonida yaqinlashmoqda. 28 may kuni kompaniya $65 mlrdlik Series H moliyalashtirish raundini yopganini va uning post-money baholashi $965 mlrdga yetganini maʼlum qilgan edi. Bu esa Anthropic’ni OpenAI’dan ham qimmatroq xususiy AI kompaniyaga aylantirdi. Reuters’ga koʻra, OpenAI soʻnggi marta $852 mlrd atrofida baholangan.

Kompaniya bu mablagʻlar xavfsizlik va interpretability boʻyicha tadqiqotlarni kengaytirish, Claude’ga talab ortib borayotgan bir paytda hisoblash quvvatlarini oshirish hamda mahsulot va hamkorliklarni rivojlantirishga yoʻnaltirilishini bildirgan.

Reuters baholashicha, Anthropic’ning maxfiy IPO arizasi Wall Street’da sunʼiy intellekt kompaniyalari atrofidagi qiziqish kuchaygan bir paytga toʻgʻri kelmoqda. Nashr kompaniyaning IPOga tayyorgarligini AI bozoridagi yirik burilishlardan biri sifatida baholagan.

Anthropic asosan Claude modellari orqali tanilgan. Kompaniya soʻnggi yillarda korporativ mijozlar, dasturchilar va AI agentlari yoʻnalishida tez oʻsdi. Xususan, Claude Code va boshqa biznesga yoʻnaltirilgan mahsulotlar kompaniyaning tijoriy oʻsishida muhim rol oʻynamoqda.

IPO amalga oshsa, Anthropic ochiq bozorga chiqadigan eng yirik AI kompaniyalaridan biriga aylanishi mumkin. Bu nafaqat kompaniya uchun, balki butun generativ AI sektori uchun ham muhim sinov boʻladi. Chunki investorlar endi faqat texnologik salohiyatga emas, balki daromad, hisoblash xarajatlari, infratuzilma ehtiyoji va uzoq muddatli rentabellik masalasiga ham eʼtibor qaratadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+