11 839.590 so‘m

increase

6.220

13 569.350 so‘m

decrease

-8.260

140.420 so‘m

increase

0.630

11 839.590 so‘m

increase

6.220

Yaqin 2 soat ichida
Bank
43

ANORBANK Kuzatuv kengashi aʼzosi va aksiyadori Qahramonjon Olimov qidiruvga berildi — OAV

The Insider maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekiston sudi Qahramonjon Olimovni sirtdan hibsga olish haqida qaror chiqargan va u xalqaro qidiruvga berilgan. 

Olimov ANORBANK Kuzatuv kengashi aʼzosi boʻlib, bank aksiyalarining 49,4 foiziga egalik qiladi. 

Ish boʻyicha Oʻzbekiston vakolatli organlari hozircha rasmiy maʼlumot eʼlon qilmagan.

ANORBANK Kuzatuv kengashi aʼzosi va aksiyadori Qahramonjon Olimov qidiruvga berildi — OAV

The Insider nashri 2025 yil yozida Fransiyada oʻgʻirlab ketilgani va qiynoqqa solingani haqida maʼlum qilgan Qahramonjon Olimovning oʻzi endilikda odam oʻgʻirlashni tashkil etishda ayblanayotganini yozdi.

Nashr bu maʼlumotni Olimovning hamkorlariga yaqin manbaga tayanib eʼlon qilgan. Unga koʻra, Oʻzbekiston sudi Olimovni sirtdan hibsga olish toʻgʻrisida qaror chiqargan va xalqaro qidiruvga bergan. Biroq ishga oid sud qarori yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning rasmiy bayonoti ochiqlanmagan.

19 sentabr holatidagi davlat reyestri maʼlumotlarida Qahramonjon Olimov ANORBANK ustav fondining 49,4 foiziga egalik qilishi koʻrsatilgan. Bankning 50 foiz ulushi Niderlandiyada roʻyxatdan oʻtgan Bekamin B.V. kompaniyasiga, qolgan 0,6 foizi esa “Kapital sug‘urta” AJga tegishli.

Bekamin B.V.ning yakuniy benefitsiar egasi ochiq manbalarda koʻrsatilmagan. Kompaniya 2019 yilda Niderlandiyada roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, uning yuridik manzili Qahramonjon Olimov bilan bogʻlangan Stone City Energy B.V. kompaniyasining manzili bilan bir xil.

Bundan tashqari, Bekamin B.V. 400 mln dona ANORBANK aksiyasini olgan paytda Olimovning bankdagi ulushi 99,38 foizdan 49,38 foizgacha qisqargan.

Bu holatlar kompaniyaning Olimovga aloqador boʻlishi mumkinligini koʻrsatsa-da, Bekamin B.V.ning benefitsiari aynan Olimov ekanini tasdiqlovchi ochiq rasmiy hujjat mavjud emas.

The Insider versiyasiga koʻra, Olimov Fransiyada oʻgʻirlab ketilgani haqidagi voqeani sobiq ish beruvchisi va moliyaviy nizodagi raqibi Botir Rahimovni jinoyat tashkilotchisi sifatida koʻrsatish uchun sahnalashtirgan boʻlishi mumkin.

Olimov 2025 yilda Parij markazida oʻgʻirlab ketilgani, Nitssa yaqinidagi villada kaltaklanib, 10 mln dollar toʻlashga majburlanganini bildirgan edi. Uning aytishicha, 5 mln dollarlik qarzdorlik tilxatini imzolash va 200 ming dollar berishga rozi boʻlganidan keyin ozod qilingan.

Keyinchalik The Insider va Fransiyaning L’Express jurnali oʻtkazgan surishtiruvda voqea tafsilotlari orasidagi qator nomuvofiqliklar keltirilgan. Jumladan, Olimov ozod qilinganidan keyin oʻzini oʻgʻirlaganlardan biri deb koʻrsatgan shaxs bilan doʻstona yozishmalarni davom ettirgani aytilgan.

ANORBANK tarqalgan xabarlarga munosabat bildirib, gap aksiyadorlardan birining shaxsiy masalalari haqida ketayotganini maʼlum qildi. Bank ushbu masala uning kapitali, boshqaruvi yoki operatsion faoliyatiga aloqador emasligini taʼkidladi.

Bankka mazkur holat boʻyicha hech qanday rasmiy tasdiq yoki soʻrov kelib tushmagan. ANORBANK barcha operatsiyalar, mijozlarga xizmat koʻrsatish hamda mijozlar va hamkorlar oldidagi majburiyatlar odatdagi tartibda bajarilayotganini bildirdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+