Android smartfonlari ishlashini tezlashtiruvchi 4 ta oddiy usul
Smartfonlar vaqt oʻtishi bilan xotira toʻlishi yoki dasturiy taʼminot eskirishi sababli sekinlashishi mumkin. Lekin qoʻlda amalga oshiriladigan bir nechta sodda choralar orqali uni avvalgidek tez qilish mumkin.

Smartfonlar ishlashi vaqt oʻtishi bilan sekinlashib boradi. Ayniqsa bu xotira toʻlib qolsa yoki dasturiy taʼminot eskirgan boʻlsa tez-tez kuzatiladi.
Aynan shu holatlarda yangi qurilma sotib olish doimo shart emas. Qurilma tezligini tiklash va unumdorlikni yaxshilash uchun oddiy usullar mavjud. Bu usullar telefondagi maʼlumotlarni butunlay tozalashni talab qilmaydi va texnik bilim darajasidan qatʼi nazar, hamma tomonidan bajarilishi mumkin.
1. Keraksiz ilovalarni oʻchirish
Foydalanilmayotgan ilovalar xotira va fon resurslarini egallaydi, hatto ular ochilmagan boʻlsa ham. Ularni oʻchirish xotirani boʻshatadi va samaradorlikni oshiradi.
Qanday qilish kerak:
- Sozlamalar > Xotira > Ilovalar boʻlimiga oʻting.
- Endi ishlatilmayotgan ilovalarni aniqlang (masalan, eski QR skanerlar, oʻyinlar yoki tahrirlash vositalari).
- Ilova ikonkasini bosib turing > Ilova haqida > Oʻchirish (Uninstall) orqali qurilmadan olib tashlang.
- Doimiy ravishda keraksiz ilovalarni oʻchirib turish tizimning resurslarni samarali boshqarishiga yordam beradi.
2. Xotira va keshni tozalash
Xotiraning toʻlib qolishi telefondagi sekinlikning eng keng tarqalgan sabablaridan biridir. Eski yuklab olingan fayllar, dublikat suratlar va unutib qoʻyilgan videolar joyni egallab, qurilmaning ishlashiga halaqit beradi.
Xotirani tozalash bosqichlari:
- Fayllar ilovasini ochib, hujjatlar, suratlar va videolarni koʻrib chiqing.
- “Yuklab olinganlar” (Downloads) papkasini tekshirib chiqing — u yerda koʻpincha eski PDF, surat yoki boshqa keraksiz fayllarni oʻzida saqlanadi.
- Surat va videolarni bulut xotiraga yoki tashqi diskka oʻtkazing — bu ham zaxira yaratadi, ham xotirani boʻshatadi.
Ilova keshini tozalash:
Kesh — bu ilovalar tomonidan tezroq ishlash uchun saqlanadigan vaqtinchalik maʼlumotlardir. U foydali boʻlsa-da, hajmi koʻpayib ketganda qurilma ishlashini sekinlashtiradi. Keshni quyidagicha tozalash mumkin:
- Sozlamalar > Xotira > Ilovalar > Keshni tozalash boʻlimiga oʻting.
- Muhim login maʼlumotlarini saqlamaydigan, kam foydalaniladigan ilovalarning keshini tozalang.
3. Tizim va ilovalarni yangilab turish
Dasturiy taʼminot yangilanishlari koʻpincha xatolarni tuzatadi, xavfsizlikni mustahkamlaydi va ishlashni yaxshilaydi. Eskirgan dasturiy taʼminot qurilmani sekin va kamroq xavfsiz qiladi.
Yangilash bosqichlari:
- Sozlamalar > Umumiy > Tizim yangilanishi boʻlimiga oʻting va mavjud eng soʻnggi Android versiyasini oʻrnating.
- Google Play Marketʼni ochib, “Ilovalarni boshqarish va qurilma” boʻlimiga oʻting va barcha ilovalarni yangilang.
Tizim va ilovalarni muntazam yangilab turish silliq ishlash va xavfsizlikni taʼminlaydi.
4. Animatsiya tezligini sozlash (Bonus maslahat)
Tizim animatsiyalari chiroyli koʻrinsa-da, ular ekranlararo oʻtishda yoki ilova ochishda vaqtni choʻzadi. Animatsiya tezligini kamaytirish telefonni yanada tezroq his qildiradi.

Qanday sozlash kerak:
- Dasturchi (Developer) rejimini yoqing: Sozlamalar > Telefon haqida boʻlimida “Build Number” yozuvini 7 marta bosing.
- Keyin Developer Options boʻlimiga oʻting va quyidagilarni sozlang:
- Transition Animation Scale
- Animator Duration Scale
- Ularning qiymatini 0.5x ga tushiring yoki butunlay oʻchirib qoʻying — bu orqali navigatsiya tezlashadi.