12 060.150 so‘m

decrease

-48.090

14 064.550 so‘m

decrease

-104.510

148.870 so‘m

decrease

-0.230

12 060.150 so‘m

decrease

-48.090

1 kun avval
Texnologiya

Amazon serverlaridagi uzilishlar sababli dunyo boʻylab yirik ilova va veb-saytlar ishdan chiqdi

Mazkur texnik nosozlik natijasida jahon miqyosida oʻnlab ilovalar va veb-saytlar — jumladan Snapchat, Fortnite, Canva, PUBG, Duolingo hamda Perplexity AI kabi mashhur platformalar faoliyatida uzilishlar kuzatildi.

Amazon serverlaridagi uzilishlar sababli dunyo boʻylab yirik ilova va veb-saytlar ishdan chiqdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Amazon Web Services (AWS) — Amazon’ning bulutli hisoblash tizimidagi nosozlik tufayli butun dunyo boʻylab oʻnlab yirik vebsaytlar va ilovalarda uzilishlar kuzatildi.

Taʼsir koʻrsatgan platformalar qatoriga Snapchat, Roblox, Signal, Duolingo, Wordle, Coinbase, Slack, Pokémon Go, Epic Games, PlayStation Network va Peloton kiradi. Shuningdek, Amazon’ning oʻz xizmatlari, jumladan asosiy chakana savdo sayti hamda Ring eshik qoʻngʻirogʻi tizimlari ham ishdan chiqqan.

Buyuk Britaniyada esa Lloyds Bank, Bank of Scotland, HM Revenue and Customs vebsayti faoliyatida muammolar kuzatildi. Minglab foydalanuvchilar ilovalarga kira olmaganliklarini xabar qilishgan.

Buyuk Britaniyadagi The Chartered Institute for IT mutaxassisi, kiberxavfsizlik boʻyicha ekspert Patrik Burges bu holatni shunday izohladi:

“Bugungi kunda dunyo aholisining katta qismi atigi uch-toʻrt yirik bulutli hisoblash kompaniyasining infratuzilmasiga tayangan. Shu sababli shunday nosozliklar sodir boʻlganda, u juda keng koʻlamli onlayn xizmatlarga taʼsir koʻrsatishi mumkin”.

Amazon maʼlumotiga koʻra, nosozlik Virjiniya shtatida soat 12:00 (Toshkent vaqti) atrofida boshlangan. Kompaniya 14:30 da tizimda “tiklanish alomatlari sezilayotgani”ni maʼlum qildi va 15:00 ga kelib global xizmatlar qayta tiklanganini tasdiqladi.

Mutaxassislarning fikricha, bu holatga kiberhujum emas, balki texnik nosozlik boʻlgan. 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+