12 209.860 so‘m

increase

19.290

14 170.760 so‘m

decrease

-132.440

157.530 so‘m

increase

0.050

12 209.860 so‘m

increase

19.290

16-yanvar, 16:12
Soliq
339

Alisher Qodirov dabdabali toʻylar uchun “hashamat soligʻi” joriy etishni taklif qildi

Oʻzbekistonda dabdabali toʻylarni qisqartirish va ortiqcha isrofgarchilikni cheklash maqsadida maxsus “hashamat soligʻi” joriy etish taklif etildi. 

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirovga koʻra, toʻy marosimlarida mehmonlar soniga qarab soliq undirish jamiyatda hashamatga boʻlgan munosabatni oʻzgartirishga xizmat qilishi mumkin.

Alisher Qodirov dabdabali toʻylar uchun “hashamat soligʻi” joriy etishni taklif qildi
Foto: AI/Pinkod.uz

Oʻzbekistonda dabdabali toʻylarni tartibga solish maqsadida aholiga bunday isrofgarchilikning zararli illat ekanini singdirish yoki maxsus “hashamat soligʻi” joriy etish taklifi bildirildi.

Bu haqda 16 yanvar kuni “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida partiya raisi Alisher Qodirov maʼlum qildi.

Uning taʼkidlashicha, partiya dabdabali toʻylarga nisbatan prinsipial pozitsiyaga ega va bu yondashuvdan voz kechmagan.

“Xalqimizning oʻzi tushunib yetishi kerak: xoʻjakoʻrsinga, boshqalarga nimanidir isbotlash uchun sarf-harajat qilish davri ortda qoldi. ʼKoʻrpaga qarab oyoq uzatish kerakʼ, degan naqlni toʻgʻri anglashimiz lozim. Hech kim boshqalarga koʻrinish uchun toʻy qilmasligi kerak. Daromadni faqat toʻylarga isrof qilish millatimizning eng ogʻriqli muammolaridan biridir”, — dedi Qodirov.

Siyosatchining fikricha, toʻy marosimlariga keladigan mehmonlar soniga qarab soliq joriy etilishi mumkin.

“Hashamatni xohlaysizmi — uning soligʻini ham hashamatli qilib toʻlang. Masalan, 10 ming kishini chaqirib toʻy qilmoqchisizmi? Unda har bir mehmon uchun belgilangan soliqni toʻlab qoʻying, shundan keyin xohlagancha odam bilan toʻy qiling”, — deya izoh berdi u.

Eslatib oʻtamiz, Alisher Qodirov 2021-yilgi prezidentlik saylovlari arafasida mehnat migrantlaridan ham soliq undirish taklifini ilgari surgandi. 


Avvalroq Pinkod Oʻzbekistonda boy fuqarolarni soliqqa tortishning alohida tizimini yaratish rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+