12 048.840 so‘m

increase

62.280

13 741.700 so‘m

increase

50.050

152.880 so‘m

increase

0.790

12 048.840 so‘m

increase

62.280

1 soat avval
Bank
49

Akmal Bakiyev Anorbank boshqaruv raisi oʻrinbosari etib tayinlandi

Anorbank kuzatuv kengashi Akmal Bakiyevni bank boshqaruvi raisining oʻrinbosari etib tayinladi. U bunga qadar bankda boshqaruvchi direktor va boshqaruv aʼzosi sifatida ishlab kelayotgan edi.

Akmal Bakiyev Anorbank boshqaruv raisi oʻrinbosari etib tayinlandi

Anorbank kuzatuv kengashi 20 iyul kuni Akmal Akramovich Bakiyevni boshqaruv raisining oʻrinbosari etib tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Hujjatga koʻra, uning boshqaruvchi direktor sifatidagi vakolatlari tugatilib, boshqaruv raisi oʻrinbosari va boshqaruv aʼzosi sifatidagi vakolatlari boshlangan.

Bakiyev 2026 yil 11 mart kuni boshqaruvchi direktor lavozimida Anorbank boshqaruvi tarkibiga kiritilgan edi. Shunday qilib, u boshqaruv aʼzosi boʻlganidan toʻrt oy oʻtib rais oʻrinbosari lavozimiga koʻtarildi.

Akmal Bakiyev haqida

Akmal Bakiyev bank-moliya sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega. U faoliyatini 2004 yil yanvarda Ipoteka-bankning Iqtisodiy tahlil departamentida boshlagan. 2004 yil oktabrdan 2008 yil oktabrgacha bankning Gʻaznachilik departamentida depozit operatsiyalari va diling yoʻnalishlarida turli lavozimlarda ishlagan.

2009 yil may–sentabr oylarida “UniKredit”da faoliyat yuritgan. 2009 yil oktabrda KDB Bank Uzbekistan’ga oʻtib, dastlab Gʻaznachilik departamenti boshligʻi oʻrinbosari, 2010 yil maydan 2012 yil martgacha esa departament boshligʻi boʻlgan.

2012 yil martdan 2016 yil maygacha Uzbekistan GTL’da loyiha moliyalashtirish boʻyicha menejer oʻrinbosari sifatida ishlagan. LinkedIn profilida u 2014 yil oktabrdan 2015 yil martgacha kompaniya bosh buxgalteri lavozimini ham egallagani koʻrsatilgan. 2016 yil oktabrdan 2022 yil yanvargacha “Quality Assurance and Control Service” kompaniyasida biznesni rivojlantirish boʻyicha menejer boʻlgan.

Bakiyev 2022 yil yanvarda Ipak Yoʻli Bankka oʻtgan. 2022 yil yanvar–iyul oylarida kredit tavakkalchiliklari va komplayens-nazorat boʻlinmasiga, 2022 yil avgustdan 2023 yil dekabrgacha likvidlik va bozor tavakkalchiliklarini boshqarish boʻlinmasiga, 2024 yil yanvardan 2025 yil aprelgacha esa korporativ risk-menejment departamentiga rahbarlik qilgan.

Anorbank’dagi faoliyatini 2025 yil mayda boshqaruv raisi maslahatchisi sifatida boshlagan. 2025 yil iyun–dekabr oylarida Tavakkalchiliklarni boshqarish departamenti direktori va risklar boʻyicha direktor — CRO, 2026 yil yanvardan esa boshqaruvchi direktor va boshqaruv aʼzosi boʻlib ishlagan. 2026 yil 20 iyulda u bank boshqaruvi raisining oʻrinbosari etib tayinlandi.

Bakiyev 1998–2002 yillarda Toshkent moliya institutida bank ishi yoʻnalishida tahsil olgan. 2008–2009 yillarda Italiyaning Ka’ Foskari Venetsiya universitetida “UniKredit”ning bank ishi va tadbirkorlik boʻyicha magistrlik dasturini tamomlagan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+