12 013.400 so‘m

decrease

-36.040

13 831.030 so‘m

decrease

-193.310

163.870 so‘m

decrease

-0.050

12 013.400 so‘m

decrease

-36.040

3 soat avval
Bank
60

Adam Sentpeteri Ipoteka-bank boshqaruv raisi v.b. etib tayinlandi

Ipoteka-bank boshqaruv raisi Sandro Rtveladze oʻz arizasiga koʻra lavozimidan ketdi. Uning vazifalari vaqtincha Adam Sentpeteriga yuklatildi. Shuningdek, bank Kuzatuv kengashining mustaqil aʼzosi Tatiana Dogan bilan tuzilgan shartnoma ham bekor qilindi.

Adam Sentpeteri Ipoteka-bank boshqaruv raisi v.b. etib tayinlandi

“Ipoteka-bank” ATIBda boshqaruv raisi vazifalari vaqtincha Adam Sentpeteriga yuklatildi. Bu haqdagi qaror bank aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishida qabul qilingan.

Qarorga koʻra, Sandro Rtveladze oʻz arizasiga asosan boshqaruv raisi lavozimidan ozod etilgan. Uning oʻrniga bank boshqaruvi raisi oʻrinbosari Adam Sentpeteri vaqtincha boshqaruv raisi vazifalarini bajaradi.

Shuningdek, bank kuzatuv kengashining mustaqil aʼzosi Tatyana Dogan ham lavozimidan ozod etilgan.

Sentpeteri bungacha Ipoteka-bankda boshqaruv raisi oʻrinbosari, strategiya va moliya bloki rahbari hamda moliyaviy direktor sifatida faoliyat yuritgan. U bankka 2023 yil iyul oyida qoʻshilgan va 2023 yil sentabrdan bank transformatsiya dasturi uchun masʼul boʻlib kelgan.

Adam Sentpeteri OTP Group tizimida ham uzoq yillik tajribaga ega. U 2005 yilda OTP Groupga makroiqtisodiy tahlilchi sifatida qoʻshilgan, keyinchalik chakana biznes, controlling va strategiya yoʻnalishlarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Qarorga koʻra, Sentpeteri yangi boshqaruv raisi saylanib, belgilangan tartibda tayinlangunga qadar bank boshqaruviga vaqtincha rahbarlik qiladi.


18 may kuni bankning rasmiy saytida Sandro Rtveladze 1 iyuldan boshlab Ipoteka-bank boshqaruv raisi lavozimini tark etishi xabar qilingan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+