12 175.530 so‘m

decrease

-4.280

14 151.620 so‘m

increase

12.080

155.080 so‘m

decrease

-1.650

12 175.530 so‘m

decrease

-4.280

14 soat avval
Bank
81

8 mart munosabati bilan Oʻzbekiston banklari qanday aksiyalar taklif qilmoqda?

8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayrim banklar ayollar uchun maxsus aksiyalar va imtiyozlarni taqdim etmoqda. Ular orasida bank kartalarini bepul ochish, promokodlar, sovrinli oʻyinlar hamda tadbirkor ayollar uchun qoʻshimcha xizmatlar mavjud.

8 mart munosabati bilan Oʻzbekiston banklari qanday aksiyalar taklif qilmoqda?
Foto: AI/Pinkod.uz

8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan koʻplab doʻkon va xizmat koʻrsatish tashkilotlari ayollar uchun maxsus aksiyalarni eʼlon qiladi. 

Shu jumladan, ayrim banklar ham bayram munosabati bilan oʻz mahsulotlari boʻyicha turli imtiyoz va bonuslarni taqdim etmoqda. Pinkod ushbu takliflarni bir joyga jamladi.

Mikrokreditbank — kartani bepul rasmiylashtirish

Mikrokreditbank 6–10 mart kunlari barcha ayollar uchun istalgan bank kartasini bepul ochish imkoniyatini taqdim etmoqda.

Odatda bankda Uzcard va Humo kartalarini ochish 40 ming soʻm, Mastercard va Visa kartalarini rasmiylashtirish esa 45 ming soʻm turadi.

Batafsil maʼlumot: 1285 yoki mkbank.uz

Asakabank — Uzcard Red kartasi bepul

5–13 mart kunlari barcha ayollar UZCARD RED kartasini bepul ochishlari mumkin.

Shuningdek, karta orqali 200 ming soʻmdan ortiq operatsiya amalga oshirgan mijozlar sovrinli oʻyinda qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi.

Batafsil maʼlumot bankning rasmiy sayti orqali taqdim etiladi.

Kapitalbank — Yandex Go uchun promokod

6 mart kuni istalgan turdagi bank kartasini rasmiylashtirgan ayollarga Yandex Go xizmatida foydalanish uchun 200 ming soʻmlik promokod beriladi.

Promokod har bir mijozga bir martalik tarzda taqdim etiladi.

Batafsil maʼlumot bankning rasmiy saytida mavjud.

Garantbank — biznes yuritayotgan ayollar uchun imtiyozlar

Garantbank ayollar uchun moʻljallangan “Muvaffaqiyatli ayol” krediti doirasida qator imtiyozlarni taqdim etmoqda.

Aksiya shartlariga koʻra, hisob raqamini ochgan tadbirkor ayollar uchun bir qator xizmatlar bepul koʻrsatiladi. Shuningdek, biznes egalari uchun Uzcard yoki Humo plastik kartasi sovgʻa sifatida beriladi.

Aksiya doirasida quyidagi xizmatlar ham bepul amalga oshiriladi:

  • toʻlov hujjatlari orqali pul oʻtkazmalari
  • internet-banking va mobile-banking xizmatlari
  • terminallar ijarasi
  • korporativ kartani toʻldirish

Mazkur taklif ayol yakka tartibdagi tadbirkorlar, ayollar rahbarlik qiladigan bizneslar hamda ustav kapitalida ayollar ulushi kamida 50 foiz boʻlgan korxonalar uchun amal qiladi.

Shuningdek, Ipak Yuli Bank, TBC Bank va boshqa banklar ham oʻz kartalari boʻyicha turli imtiyoz va keshbeklarni taklif qilmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+