11 891.180 so‘m

decrease

-46.710

13 753.340 so‘m

decrease

-15.820

141.830 so‘m

increase

0.070

11 891.180 so‘m

decrease

-46.710

Yaqin 1 soat ichida
Bank
64

2027 yil 1 yanvardan boshlab koʻchmas mulkni muddatli toʻlov xizmati orqali sotib olib boʻlmaydi

Shuningdek, muddatli toʻlov kompaniyalari Markaziy bank nazoratiga oʻtkazilib, xizmat koʻrsatish uchun maxsus reestrga kirishi kerak boʻladi. 

2027 yil 1 yanvardan boshlab koʻchmas mulkni muddatli toʻlov xizmati orqali sotib olib boʻlmaydi

Prezidentning 14 avgustdagi PQ–294-son qarori bilan Oʻzbekistonda muddatli toʻlov xizmatlarini tartibga solish tizimi joriy etilmoqda.

Qarorga koʻra, muddatli toʻlov xizmatini koʻrsatuvchi kompaniyalar Markaziy bank shakllantiradigan maxsus reestrga kiritiladi. Banklar va mikromoliya tashkilotlari Markaziy bankni xabardor qilish, boshqa yuridik shaxslar esa hisob roʻyxatidan oʻtish orqali reestrga kiradi.

Qaror bilan muddatli toʻlov shartnomalariga bir qator cheklovlar qoʻyildi. Jumladan, muddatli toʻlov asosida sotiladigan tovar, ish yoki xizmatning qiymati 250 BHMdan oshmasligi kerak.

1 sentabrdan amaldagi 440 ming soʻmlik BHM boʻyicha bu 110 mln soʻmga teng. Biroq shartnoma tuziladigan vaqtda BHM oʻzgarsa, maksimal miqdor ham shunga mos ravishda oʻzgaradi.

Isteʼmolchining shartnoma boʻyicha majburiyatlari eng koʻpi bilan 12 oy davom etishi mumkin. Koʻchmas mulk, muomaladan chiqarilgan yoki muomalada boʻlishi cheklangan boshqa mol-mulkni ushbu xizmat orqali sotish mumkin emas.

Operatorlar komissiya, ustama va tovarning yakuniy qiymatiga qoʻshiladigan boshqa toʻlovlarni shartnomada alohida koʻrsatishi shart.

Asosiy qarzdan tashqari barcha toʻlovlar — vositachilik haqi, jarima, penya va boshqa javobgarlik choralari yigʻindisi bir yilda muddatli toʻlov miqdorining 50 foizidan oshmasligi kerak.

Bundan tashqari, mijoz qarzni istalgan vaqtda toʻliq yoki qisman muddatidan oldin yopishi mumkin. Buning uchun undan qoʻshimcha komissiya, jarima yoki penya undirish taqiqlanadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+