12 275.580 so‘m

decrease

-11.730

14 591.980 so‘m

decrease

-52.040

159.090 so‘m

increase

0.260

12 275.580 so‘m

decrease

-11.730

17 soat avval
Bank
72

2025 yilda valyuta kursi barqarorlashuvi fonida soʻmdagi depozitlar hajmi 44 foizga oshdi

2025 yilda dollar kursi 6,8–6,9 foizga mustahkamlanib, oʻrtacha almashuv kursi 12 575 soʻmni tashkil etdi. 

Kurs barqarorlashuvi fonida milliy valyutadagi depozitlar hajmi 44 foizga oshib, 240 trillion soʻmga yetdi, depozitlar boʻyicha dollarlashuv esa 26 foizdan 22 foizgacha kamaydi.

2025 yilda valyuta kursi barqarorlashuvi fonida soʻmdagi depozitlar hajmi 44 foizga oshdi
Foto: AI/Pinkod.uz

2025 yil Oʻzbekiston milliy valyutasi soʻm uchun ijobiy yil sifatida esda qoldi. Yil davomida valyuta bozori nisbatan barqaror ishladi, almashuv kursi mustahkamlandi va bu omil bank tizimidagi koʻrsatkichlariga ham sezilarli taʼsir koʻrsatdi.

2025 yilda dollar kursi 6,8–6,9 foizga mustahkamlandi. Oʻrtacha yillik almashuv kursi 12 575 soʻmni tashkil etdi. 

Yil davomida dollar kursining eng yuqori koʻrsatkichi 13 004 soʻmni (oʻrtacha kursdan 5,5 foiz yuqori), eng past koʻrsatkichi esa 11 881 soʻm (oʻrtacha kursdan 3,4 foiz past) darajasida qayd etildi. Kunlik tebranuvchanlik ikki barobarga oshganiga qaramay, umumiy trend milliy valyuta pozitsiyasining kuchayganini koʻrsatdi.

Markaziy bank qayd etishicha, almashuv kursining mustahkamlanishi milliy valyutaga boʻlgan ishonchni sezilarli darajada oshirdi. 

Bu, avvalo, bank tizimidagi depozitlar tarkibida namoyon boʻldi. 2025 yilda milliy valyutadagi depozitlar hajmi 44 foizga oshib, 240 trillion soʻmga yetdi. 

Inflyatsion kutilmalar ham pasayish trendiga oʻtdi. Aholining inflyatsion kutilmalari yil boshidagi 14,4 foizdan 11,5 foizgacha qisqardi. Tadbirkorlar orasida bu koʻrsatkich 13,9 foizdan 11,1 foizgacha tushdi. Kutilmalar shakllanishida valyuta kursi omilining taʼsiri ikki barobarga kamaygan. 

Bank tizimida dollarlashuv darajasining pasayishi ham jarayonning mantiqiy davomi boʻldi. Kreditlar boʻyicha dollarlashuv 41 foizdan 38 foizgacha, depozitlar boʻyicha esa 26 foizdan 22 foizgacha kamaydi. 

Valyuta barqarorligi tashqi qarzga xizmat koʻrsatish xarajatlariga ham ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Yil davomida davlat va korporativ tashqi qarz boʻyicha xarajatlar oʻrtacha 6–7 foizgacha qisqargan.

Shuningdek, mijozlar tomonidan banklarga sotilgan valyuta hajmi 35 foizga oshib, 47 milliard dollarga yetdi. 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+