12 994.590 so‘m

increase

13.700

14 761.850 so‘m

increase

38.920

157.680 so‘m

decrease

-0.990

12 994.590 so‘m

increase

13.700

15-yanvar, 14:44
Soliq

2024 yilda eng koʻp soliq toʻlagan yirik korxonalar maʼlum boʻldi

Oʻtgan yilda 949 ta yirik soliq toʻlovchilar qariyb 123,3 trln soʻm soliq toʻlagan boʻlib, top yigirmatalikdan uchta tijorat banki ham joy egallagan.

2024 yilda eng koʻp soliq toʻlagan yirik korxonalar maʼlum boʻldi
Foto: AI

Soliq qoʻmitasi 2024 yilda eng koʻp soliq toʻlagan yirik soliq toʻlovchilarni eʼlon qildi.

Soliq qoʻmitasi

TOP 10: davlat ulushi bor korxonalar:

  • “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ — 35,5 trln soʻm bilan yetakchilik qilgan.
  • “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ — 10,8 trln soʻm bilan 2-oʻrinda qayd etilgan.
  • “Navoiyuran” DK — 4,6 trln soʻm bilan 3-oʻrinda joylashgan.
  • “Oʻzbekneftgaz” AJ — 4,2 trln soʻm bilan 4-oʻrinni egallagan.
  • UzAuto Motors AJ — 3,4 trln soʻm bilan 7-oʻrinni band etgan.

Xususiy sektor korxonalari:

  • UZBAT AJ QK — 2,9 trln soʻm bilan 1-oʻrinni egallagan.
  • Tashkent Tobacco MChJ — 1 trln soʻm bilan 2-oʻrinda.
  • GID License Plate MChJ XK — 845,9 mlrd soʻm bilan 3-oʻrinda.
  • Enter Engineering LTD — 844,4 mlrd soʻm bilan 4-oʻrinda.
  • Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan MChJ QK — 634,2 mlrd soʻm bilan 5-oʻrinda boʻlgan.
  • Unitel MCHJ QK (Beeline) 576,6 mlrd soʻm bilan 7-oʻrinni egallagan.
  • ADM Jizzakh MChJ  — 336 mlrd soʻm bilan TOP-10 roʻyxatini yakunlagan.

Banklar orasida:

  • “Oʻzmilliybank” (NBU) — 1,4 trln soʻm soliq toʻlagan va eng yuqori koʻrsatkichni qayd etgan.
  • “Kapitalbank” — 610,3 mlrd soʻm bilan banklar orasida ikkinchi, xususiy sektorda esa 6-oʻrinni egallagan.
  • “Hamkorbank” — 539,9 mlrd soʻm bilan mazkur sohada top uchtalikni yakunlab bergan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+