12 969.560 so‘m

decrease

-10.770

14 768.440 so‘m

decrease

-10.960

157.090 so‘m

increase

2.580

12 969.560 so‘m

decrease

-10.770

2 kun avval
Bozor

Oltin quymalari narxi yana rekord oʻrnatdi

Banklarda 5 grammlik oltin quymalari narxi 6 mln 937 ming soʻmga yetdi.

Jahon bozoridagi oltin narxi ham kun boshida troya unsiya uchun ilk marotaba $3 250 ga yaqinlashdi.

Oltin quymalari narxi yana rekord oʻrnatdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan oltin quymalari narxi rekord darajaga yetdi. 

Regulyator eʼlon qilgan maʼlumotga koʻra, 1 gramm oltin 1 mln 387 ming 340 soʻmga baholanmoqda. 5 grammlik oʻlchovli quyma esa 6 mln 937 ming soʻmdan sotilmoqda. 

Toʻliq narxlar: 

  • 5 gramm — 6 mln 937 ming soʻm
  • 10 gramm —13 mln 873 ming som
  • 20 gramm — 27 mln 747 ming soʻm
  • 50 gramm — 69 mln 367 ming soʻm
  • 100 gramm —138 mln 734 ming soʻm

Oʻzbekistonda Markaziy bank tomonidan 999,9 soflikdagi oltindan  5, 10, 20, 50 va 100 grammli quymalar sotuvga chiqarilgan va quymalar narxini regulyator har kuni yangilab boradi

Oltin quymalarini banklardan sotib olish imkoniyati mavjud. Banklarning manzillari va batafsil maʼlumotlarni Markaziy bank rasmiy saytidan topish mumkin.

Jahon bozoridagi oltin narxi

Kun boshida jahon bozorida oltin narxi rekord darajaga yetib, troya unsiyasi uchun 3 245 dollargacha koʻtarildi. Ayni paytda narx biroz pasaygan boʻlib, xabar nashr qilinayotgan vaqtda birjalarda unsiyasi $3 240 atrofida savdo qilinmoqda.

Oltin narxi boʻyicha yuqori prognozni Macquarie Group taqdim etgan boʻlib, uning taxminiga koʻra, 2025 yilning uchinchi choragida oltin narxi $3,500 ga yetishi mumkin.

Undan tashqari, Goldman Sachs’ning eng oxirgi prognoziga koʻra, oltin narxi $3 300 ga chiqishi ham mumkin. 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+