Oltin quymalari narxi rekordni yangiladi
Xususan, 5 grammlik oltin quymasi ayni vaqtda 7 mln 275 ming soʻmdan sotilmoqda.
Jahon birjalarida esa oltin narxi $3 400 ga yaqinlashib, maksimal narx $3 389 ga chiqdi.

Oʻzbekiston Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, oltin quymalari narxi tarixiy rekordni yangiladi. Xususan, 5 grammlik oltin quymasi ayni vaqtda 7 mln 275 ming soʻmdan sotilmoqda. 1 gramm oltin narxi esa 1 mln 454 ming 920 soʻmni tashkil qilmoqda.
Toʻliq narxlar:
- 5 gramm — 7 mln 275 ming soʻm
- 10 gramm — 14 mln 549 ming som
- 20 gramm — 29 mln 98 ming soʻm
- 50 gramm — 72 mln 746 ming soʻm
- 100 gramm — 145 mln 492 ming soʻm
Oʻzbekistonda Markaziy bank tomonidan 999,9 soflikdagi oltindan 5, 10, 20, 50 va 100 grammli quymalar sotuvga chiqarilgan va quymalar narxini regulyator har kuni yangilab boradi.
Oltin quymalarini banklardan sotib olish imkoniyati mavjud. Banklarning manzillari va batafsil maʼlumotlarni Markaziy bank rasmiy saytidan topish mumkin.
Jahon bozorida oltin narxi
Jahon birjalarida oltin narxi troya unsiya uchun $3 400 ga yaqinlashib, maksimal narx $3 389 ga chiqdi. Xabar nashr qilinayotgan paytda qimmatbaho metall $3 383 dan savdo qilinmoqda.

2024 yilni $2 700 atrofida yakunlagan oltin narxi, 2025 yilning ikkinchi choragi boshiga kelib, tarixda ilk bor $3 350 ga yetdi.
Goldman Sachs’ning yangilangan prognoziga koʻra, oltin narxi 2025 yilda troya unsiya uchun $3 700 ga chiqishi mumkin. UBS Group esa joriy yilda narx $3 500 ga chiqishini kutmoqda.
Ikkala prognozga ham asosiy sabab sifatida Markaziy banklar tomonidan kuchli talab, global savdo mojarolari va retsessiya xavfining ortib borayotgani koʻrsatilmoqda.