12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

09-oktabr, 2024
Iqtisodiyot

Green Card 2026 lotereyasidan chetlatilgan mamlakatlar roʻyxati eʼlon qilindi

Bu davlatlardan soʻnggi besh yil ichida 50 mingdan ortiq fuqaro AQShga koʻchib kelgan. Shu sababli ular 2026 yilgi Green Card DV-2026 lotereyasida ishtirok etolmaydi.

Green Card 2026 lotereyasidan chetlatilgan mamlakatlar roʻyxati eʼlon qilindi

AQSh Davlat departamenti fuqarolari Green Card DV-2026 lotereyasida qatnasha olmaydigan davlatlar roʻyxatini eʼlon qildi. Bu yil 18 davlat istisno roʻyxatiga kiritilgan.

Ushbu davlatlardan soʻnggi besh yil ichida 50 mingdan ortiq fuqaro AQShga koʻchib kelgan. Shu sababli ular 2026 yilgi Green Card DV-2026 lotereyasida ishtirok etolmaydi.

Ular: Bangladesh, Braziliya, Kanada, Xitoy (shu jumladan Honkong), Kolumbiya, Dominikana Respublikasi, Salvador, Haiti, Honduras, Hindiston, Yamayka, Meksika, Nigeriya, Pokiston, Filippin, Koreya Respublikasi, Venesuela, Vetnam.

Shuni taʼkidlash kerakki, Xitoy umumiy istisno qilinganiga qaramay, Makao va Tayvanda tugʻilganlar lotereyada qatnashish huquqini saqlab qoldi.

Bundan tashqari, Davlat departamenti quyidagi Green Card lotereyasini roʻyxatdan oʻtkazish sanalarini eʼlon qildi:

DV-2026 lotereyasiga roʻyxatdan oʻtish 2024 yil 2 oktabrdan 2024 yil 5 noyabrgacha boʻlib oʻtadi.

DV-2026 lotereyasi natijalari 2025 yil 3 maydan eʼlon qilinadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+