Dollar rasmiy kursi ikki kun ichida sezilarli darajada arzonladi
AQSh dollarining oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati ikki kun ichida 100 soʻmdan koʻproqqa arzonladi.

Oʻzbekiston Markaziy banki 2025 yil 29 maydan boshlab kuchga kiradigan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi rasmiy kurslarini eʼlon qildi. Unga koʻra, AQSh dollarining kursi 55,77 soʻmga pasayib, 12 831,13 soʻmni tashkil etdi.
Yangi kurslarga koʻra:
- AQSh dollari – 12 831,13 soʻm (-55,77)
- Yevro – 14 542,80 soʻm (-82,54)
- Rossiya rubli – 161,07 soʻm (+0,20)
- Funt sterling – 17 226,06 soʻm (-120,45)
Maʼlumot uchun, 28 may kuni amal qiladigan dollarning rasmiy kursi ham 53,03 soʻmga arzonlagan edi. Shunday qilib, ikki kun ichida dollar rasmiy kursi 108,08 s0ʼmga arzonladi.
Avvalroq, S&P Global reyting agentligi kelgusi uch yildagi rasmiy kursi boʻyicha prognozlarini taqdim etgan edi.
Unga koʻra dollarning oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati:
- 2025 yilda — 13,566 soʻm
- 2026 yilda — 14,244 soʻm
- 2027 yilda — 14,957 soʻm
- 2028 yilda — 15,704 soʻm