12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

10-oktabr, 2024
Bank

Abror Mirzo Olimov Markaziy bank raisining oʻrinbosari etib tayinlandi

Shu kungacha u Markaziy bankning Valyutani tartibga solish va toʻlov balansi departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan.

Abror Mirzo Olimov Markaziy bank raisining oʻrinbosari etib tayinlandi

Prezident farmoni bilan Olimov Abror Mirzo Muhammadqosimovich Markaziy bank raisining oʻrinbosari etib tayinlandi.

Uning zimmasiga xalqaro hamkorlik, valyutani tartibga solish, xalqaro zahiralarni boshqarish, qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash, moliya-iqtisodni yuritish, amaliyot faoliyatiga rahbarlik vazifalari yuklatilgan. Shuningdek, u Respublika Valyuta birjasi ishini muvofiqlashtiradi.

Shu kungacha A. Olimov Markaziy bankning Valyutani tartibga solish va toʻlov balansi departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan.

A. Olimov 1988 yilda tugʻilgan. 2010 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavr, 2012 yilda magistratura bosqichini tamomlagan. 2020 yilda Xitotsubashi universitetining (Yaponiya) magistratura bosqichini tamomlagan.

U bank tizimida 10 yillik ish tajribasiga ega.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+